TDTU Olmaliq filiali Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan o‘zbekona kiyinish madaniyatini va milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat hamda qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish maqsadida hamda “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan bugun «Milliy liboslar» ko’rik tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda talabalar milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, milliy urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va zamonaviy talqinini turli sahna ko‘rinishlari, jozibali raqslar va liboslar taqdimotlari orqali namoyish qildilar.