Respublikamiz boʻylab keng quloch yoygan “Dolzarb 90 kun” loyihasida TDTU Olmaliq filiali jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Kuni kecha filial rahbariyati hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti vakillari oʻrtasida mini futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Ahillik, jamoaviy qoʻllab-quvvatlash va epchillik kabi xislatlarni koʻrsata olgan jamoalar oʻrtasidagi musobaqa qizgʻin bahslarga boy boʻldi. Filial ishchi-xodim, professor-oʻqituvchilari oʻrtasida sport musobaqalari boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlari davom ettiriladi.