Flat Preloader Icon Loading...

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi

voris

21-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov 2022-yildan buyon har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

TDTU Olmaliq filiali talabalari ham muntazam ravishda har yili mazkur tanlovda ishtirok etib kelishmoqda. Bu yilgi tanlovda 1B-24 metallurgiya guruhi talabasi Eraliyev Xusniddin “Mis ishlab chiqarishda hosil boʻladigan texnologik eritma tarkibidan mis kukunini ajratib olish texnologiyasi”, 8-22 TM guruhi talabasi Sodiqov Temirali “Metallarning mikrostrukturalariga raqamli ishlov berish”, 11M-24 KT guruhi magistranti Mirusmanova Farangis “Sanoat chiqindilaridan noyob metallarni ajratib olish texnologiyasi” mavzularidagi ilmiy ishlanmalari bilan qatnashmoqdalar.

Scroll to Top