Respublikaning barcha hududlaridagi iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Angren shahar bosqichda eng sara yoshlar tanlab olindi. Tanlov yakunida 5 nafar yoshlar viloyat bosqichi yo’llanmasiga ega bo’lishdi.
Eʼtiborlisi, viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yoshlarning ikki nafari TDTU Olmaliq filiali talabalari bo‘lib, ular Kimyoviy texnologiya yo‘nalishining 1-bosqich magistranti Latifxon Shamsuddinov hamda Kimyoviy texnologiya yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Ominaxon Xusniddinova.
Talabalarimizga viloyat bosqichida omad tilaymiz!