Energetika va mashinasozlik fakultetida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bagʻishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. «Muhabbatga oshno Muhammad Yusuf» nomli tadbir Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan tayyorlandi.
Tadbir davomida ijodkor talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub sheʼrlar oʻqildi, uning boy ijodiy merosi haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirga mehmon sifatida taklif etlgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova tadbir yakunida otash qalb shoir haqida o‘z fikrlarini bildirib, tadbir ishtirokchilariga shoir ijodini yoritishdagi chiqishlari uchun minnatdorlik bildirdi.