Flat Preloader Icon Loading...

Navoiy mashinasozlik zavodi mutaxassislari TDTU OFda

navoiy

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining muhim bo‘linmalaridan biri bo’lgan Navoiy mashinasozlik zavodi mutaxassislari TDTU Olmaliq filialida bo’lishib, filialda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, mavjud loyihalar hamda erishilgan yutuqlar bilan tanishishdi.

Mehmonlarga zamonaviy jihozlangan laboratoriyalar, ularning texnik imkoniyatlari, tajriba-sinov uskunalari va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish yo‘nalishidagi ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tashrif davomida Innovatsiya bo‘limi muhandisi Nurber Eshmuradov laboratoriyalardagi texnologik jarayonlar va ilmiy ishlanmalarni yaqindan o‘rganib, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar uchun amaliyot va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Scroll to Top