O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
PARMONOV SARVAR TOSHPO’LATOVICH
Lavozimi : O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Ilmiy darajasi : Dotsent, texnika fanlari doktori (DSc)
Qabul vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998-91-991-11-22
E-mail : info@tdtuof.uz
MEHNAT FAOLIYATI
2011 – 2015 yy. Navoiy davlat konchilik instituti talabasi.
2015 – 2017 yy. Navoiy davlat konchilik instituti magistranti.
2017 – 2018 yy. Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi apparatchigi
2018 – 2020 yy. Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy loyihalash byurosi texnologik guruhi muhandisi.
2019 – 2020 yy. Navoiy davlat konchilik instituti «Metallurgiya» kafedrasi assistenti (0.25 shtat).
2020 – 2022 yy. TDTU “Materialshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti.
2020 – 2023 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
2020 – 2021 yy. TDTU “Materialshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi (0.25 shtat).
2021 – 2022 yy. TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi (0.25 shtat).
2022 – 2023 yy. TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b dotsenti.
2023 – 2025 yy. TDTU Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri.
2023 – 2024 yy. TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b dotsenti (0.5 shtat).
02.2025 – h. v. TDTU Olmaliq filiali O‘quv-usluviy boshqarma boshlig‘i.
01.2025 – h. v. TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b professori (0.5 shtat).
Ilmiy loyihalari:
“Ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning yeyilishga bardoshli tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish” (2022-yil) hamda “Yeyilishga bardoshli volfram karbid-kobalt asosli qattiq qotishmalarni olishning yangi texnologik tamoyillarini ishlab chiqish” (2025-yil) mavzusidagi ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan.
Xorijiy malaka oshirish va stajirovkalar:
Quyidagi dasturlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan:
“Shvetsiyada integratsiyalashgan loyiha asosida o‘qitish metodikasi: oliy ta’lim tizimining ilg‘or tajribasi” kursida malaka oshirgan (72 akademik soat, Stokgolm universiteti, Qirollik texnika universiteti va Albano ilmiy-ta’lim majmuasi, 2024-yil 10–20-mart, Stokgolm, Shvetsiya);
“Ruda maydalovchi maydalagich detallarini tayyorlash uchun yeyilishga bardoshli qattiq qotishma tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish” kursida malaka oshirgan (288 akademik soat, Belarus Milliy Texnika Universiteti, 2024-yil 28-oktyabr – 27-dekabr, Minsk, Belarus).
Xalqaro konferensiyalar:
Quyidagi xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan ishtirok etgan:
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning “Yosh olimlari II-konklavi” (Jawaharlal Nehru markazi, 2023-yil 4–11-fevral, Bengaluru, Hindiston);
“Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (Tojikiston kon-metallurgiya instituti, 2023-yil 19-may, Bo‘ston, Tojikiston);
“Konchilik arxitekturasi va qurilish muhandisligi bo‘yicha geota’lim” xalqaro gibrid konferensiyasi (Satbayev universiteti, 2023-yil 14–17-iyun, Olmaota, Qozog‘iston);
“Kattalar qo‘shimcha ta’limining zamonaviy tendensiyalari” VII xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyasi (2024-yil 15-noyabr, Minsk, Belarus);
“Quymachilik va metallurgiya” mavzusidagi 32-xalqaro ilmiy-texnik konferensiya (2024-yil 20–22-noyabr, Minsk, Belarus);
“Qotishmalar metallurgiyasi – 2025” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi (2025-yil 5–6-iyun, Mogilev, Belarus).
OʻQUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIGʻINING LAVOZIM VAZIFALARI:
- Boʻlim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
- Boʻlimning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Filialda dekanatlar, kafedralar, boʻlimlarning oʻquv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
- Oʻzbekiston Respublikasining Ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-oʻqituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;
- Filialning Kengashi, markaziy uslubiy hay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining oʻquv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- Bakalavriat talabalarining Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va oʻtkazishda ishtirok etish;
- Oʻquv jarayonini ta’minlash masalalari boʻyicha oʻquv-yordamchi xodimlar va oʻquv ishlari boʻyicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;
- Filialni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish;
- Dekanatlarning oʻquv yili boʻyicha hisobotlarini umumlashtirish va institutning oʻquv ishlari boʻyicha yillik umumiy hisobotini tuzish;
- Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha “Ishchi oʻquv reja”lari va “Oʻquv jadval”larini tuzish;
- Ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;
- Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 20- avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish hamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;
- Malaka oshirish institutlari va markazlarida yakuniy imtihonlardan oʻtmagan pedagoglarni qayta oʻqishlarini nazorat qilish va natijalari toʻgʻrisida direktorga ma’lumot taqdim qilish;
- Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish ishlarida ishtirok etish;
- Talabalar bilimini baholash reyting tizimining shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;
- Professor-oʻqituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan oʻquv-uslubiy ishlarining haqiqiy ijrosini ta’minlash;
- Professor-oʻqituvchilar tomonidan amaliy mashgʻulotlar, ma’ruzalar va oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan oʻquv jadvali va rejasi asosida oʻtkazilishini shakllantirish va tashkil etish;
- Talabalarning akademik qarzdorliklari va oʻzlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;
- Axborot kommunikatsion texnologiyalarini puxta bilishi;
- Filialning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
Bilishi kerak:
- Oʻzbekiston Respublikasining Ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
- Oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
- Boʻlim yoʻnalishi boʻyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.