Bugun Energetika va mashinasozlik fakultetida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yillik tavalludiga bag’ishlab «O’xshasa o’ziga o’xshaydi o’zbek» deb nomlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirga Respublika ma’naviyat markazi Ohangaron shahar bo’limi rahbari U.Cho’lponova, “Ohangaron hayoti” gazetasi muharriri Sh.To’laganova taklif etildi. She’riyat kechasi talabalar tomonidan yod olingan she’rlar, videorolik, she’riy aytishuv, sahna ko’rinishi va kuy-qo’shiqlarni o’z ichiga oldi.
She’riy aytishuv shartida eng sara she’rlar yodga olindi. «Muhammad muhabbati» jamoasi 1-o’rinni, «Muhammad Yusuf izdoshlari» jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Ifodali eng ko’p she’rni yod olgan 7-23 MT guruhi talabasi D.Isroilov va 9-23 TMJ guruhi talabasi Z.To’xtasinova tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.