Flat Preloader Icon Loading...

“Oʻzbekiston ekovolontyor talabalari harakati” tashkil etildi!

eko2025 kopiya

Davlat rahbarining PQ–184-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025–2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-iyundagi 226-son buyrugʻiga muvofiq:

TDTU Olmaliq filialida “Oʻzbekiston ekovolontyor talabalari harakati” tashkil etildi.

Harakatning asosiy maqsadi — talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ongni yuksaltirish hamda ularning ekologik jarayonlardagi faolligini oshirishdir.

Barcha talaba-yoshlarni ushbu harakatda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Murojaat uchun: Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i S. Abdujabborov

Kelajak uchun harakat qilaylik — birgalikda tabiatni asraylik!

Scroll to Top