O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan TDTU OF Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston – imkoniyatlar yurti” nomli ko‘rik tanlovga start berildi!
Kimlar ishtirok eta oladi?
Ushbu tanlovda barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mukin.
Shartlari qanaqa?
Shartlari oddiy. «O‘zbekiston – imkoniyatlar yurti” mavzusida filialga bog‘lab esse yoki videolavha tayyorlab, bizga yuboring. Eng yaxshi esselar filialning «Ilm ziyosi» gazetasida, eng yaxshi videolavhalar esa fililalning rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi.
Eslatma:
Esse 500-600 so’zdan oshmasligi lozim, videolavha esa eng ko’pi bilan 1 minut bo’lishi talab etiladi. Tanlangan mavzu doirasida oliy ta’limdagi imkoniyat va imtiyozlar, talabalar muvaffaqiyati haqida ochib berilishi kerak.
Gʻoliblarni mukofotlar kutmoqda.