Flat Preloader Icon Loading...

Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish

konstituciya

🔷Bugun Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining 1-bosqich talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

🔷 “Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” maxsus kurs dasturi doirasida tashkil etilgan seminarda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi O. Abdurasulov ma’ruza qildi.

🔷Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi kiritilgan asosiy huquq va erkinlarning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyani yangilash zarurati, inson va fuqaroning asosiy
huquqlari, erkinliklari hamda ularning kafolatlari va Oʻzbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari to’g’risida talabalarga tushunchlar berildi.

Scroll to Top