TDTU Olmaliq filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga da’vogar iqtidorli talabalarni saralash jarayonlari belgilangan tartib asosida tashkil etildi.
Xususan, joriy yil 10–11-iyul kunlari filialda O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan maxsus suhbatlar tashkil etildi. Ushbu suhbatlarda bakalavriatning yuqori bosqich talabalari hamda magistratura bosqichi tinglovchilari faol ishtirok etdilar.
Mazkur suhbatlar nomzodlarning bilim salohiyati, ijtimoiy faolligi, tanlagan stipendiya yo‘nalishiga moslik darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularni baholashda professor-o‘qituvchilardan iborat komissiya a’zolari ishtirok etdi.