Bugun, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5-avgustgacha davom etadi.
Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz
Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz
Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖ turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
➖ Xorijda o‘qiyotgan talaba;
➖ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.