Bugun TDTU Olmaliq filialida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan «Oliy ta’lim islohotlari samarasi» mavzusida press-tur tashkil etildi. Ushbu press-turda 15 ga yaqin OAV xodimlari ishtirok etishdi.
TDTU Olmaliq filali o‘quv jarayonlari, erishayotgan yutuqlari, ilmiy salohiyati, laboratoriya mashg‘ulotlari hamda qabul jarayonlari bo‘yicha mas’ullar tomonidan kelgan mehmonlarga ma’lumotlar taqdim etildi.
Shu bilan birga natijaga erishayotgan talabalar bilan intervyular tashkil qilinib, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ulardan javob olishdi.