Flat Preloader Icon Loading...

“Obod mahalla — obod yurt”

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida TDTU Olmaliq filiali vakillari tomonidan turli hududlarda hashar ishlari olib borildi. Shahrimizdagi “Hamza” mahallasida obodonlashtirish, tozalash va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu tashabbusda filialning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻlimi boshligʻi S. Abdujabborov boshchiligidagi masʼullar hamda koʻngilli talabalar faol ishtirok etdilar.

Ishlar doirasida mahalla hududidagi ichkі yoʻllar, umumiy foydalanish joylari tozalandi, hashar tarzida hovli atrofi yigʻishtirildi va aholi bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Tadbir “Obod mahalla — obod yurt” gʻoyasini amalda namoyon etish hamda yoshlarda fuqarolik masʼuliyati va jamoat faolligi tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan.

Scroll to Top