Flat Preloader Icon Loading...

“Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” – umumxalq xayriya hashari

ashar

Xabaringiz bor, 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ezgu tadbir mahallalar, ko‘chalarni obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va bayramona kayfiyat yaratishga qaratilgan. TDTU Olmaliq filialida ham hashar ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalr fakulteti binosi oldida hasharchi professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar yig‘ilib, birdamlik bilan hashar ishlarini olib borishdi.

Xususan, Energetika va mashinasozlik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari tomonidan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish maqsadida o’tkazilgan hashar davomida yerlar yumshatilib, ortiqcha toshlar va o‘t-o‘lanlardan tozalandi. Chiqindilar yig‘ilib, olib chiqib ketildi.

Hashar doirasida Konchilik ishi fakulteti jamoasi hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan ham:

* o‘quv binolari atrofi, yo‘lak va xiyobonlarda obodonlashtirish ishlari,

* yashil hududlarni tartibga solish, daraxt va gul ko‘chatlariga parvarish,

*chiqindi va keraksiz buyumlardan hududlarni tozalash ishlari amalga oshirildi.

Scroll to Top