8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlugʻ sanada xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatiladi.
Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakultetida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olamni mehrga toʼldirgan ayol” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda soʻzga chiqqan o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Abdiyev ayollarni va talabalarni bahor va nafosat ayyomi boʻlmish bayram bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.