«Muhandislik oyligi» doirasida texnika yo’nalishidagi oliygohlarda turli tanlovlar va musobaqalar o’tkaziladi.
Shuningdek, 15-16-aprel kunlari Toshkent shahrida «Kelajak muhandislari» xalqaro festivali o’tkaziladi.
«Kelajak muhandislari» xalqaro festivali doirasida iqtidorli yoshlar o’rtasida turli musobaqalar o’tkaziladi:
* «Drone racing»
* Havo jangi
* Raketa modellashtirish
* Robototexnika musobaqasi
* 3D modellashtirish musobaqasi
* Muhandislik ishlanmalari ko’rgazmasi
* Aviamodellar ko’rgazmasi
* «Art Engineering» namoyishlari
* «Sanoat muammolari uchun yechimlar» hakatoni
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo’lganlar ushbu sayt (https://muhandis.milliyofis.uz/) orqali batafsil ma’lumot olishlari va ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
Muhandislar safiga qo’shiling va o’z kelajagingiz me’moriga aylaning!