2025-yil 13-may kuni TDTU Olmaliq filialida «Oliygoh kubogi-2025» talabalar, magistrantlar, izlanuvchilar hamda yosh olimlarning ilmiy va innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 28-martdagi “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini yuqori saviyada tashkil etish hamda oʻtkazish toʻgʻrisidagi 119-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
«Oliygoh kubogi-2025» tanlovida quyidagi nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi:
✓ Sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik
✓ Metallurgiya muhandisligi
✓ Konchilik ishi
✓ Konchilik elektr mexanikasi
✓ Elektr va energetika muhandisligi
✓ Texnologik mashina va jihozlar
✓ Kimyo muhandisligi
✓ Mexanika muhandisligi va metallar texnologiyalari
✓ Atrof-muhit muhоfazasi va ekologiyа
✓ Eng yaxshi startap.