Xalqaro hamkorlik bo’limi
Ubaydullayev Alibek Ulug‘bek o‘g‘li
Lavozimi : Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i
Qabul vaqti : Har kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha
Telefon : +99897 768 41 21
Xalqaro hamkorlik bo‘limi vazifalari:
•Filialning xalqaro aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash;
•Xorijiy hamkor OTMlar bilan aloqada bo‘lish;
• Filialda bajarilayotgan xalqaro loyihalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash;
• Soha bo‘yicha xorijiy hamkorlar va delegatsiyalarni filialga taklif etish va kutib olishni tashkil etish;
• Yetakchi xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari bilan aloqa o‘rnatish va ularni filialning o‘quv va ilmiy ishlariga keng jalb etish;
• Filialda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar bilan ishlash, ularga doimiy tarzda konsultatsiya berish, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
• Filialga xorijiy mutaxassislarni ishga olish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan doimiy aloqada bo‘lish;
• Filial xodimlarining xorijiy xizmat safarlariga yuborishda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan safar davomida aloqada bo‘lish;
• Filial xalqaro aloqalari bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.