Bugun yurtimizdagi barcha umumiy oʼrta maktablarda joriy oʼquv yilining soʼnggi qoʼngʼirogʼi jarangladi. 392 ming nafarga yaqin yoshlar maktab bilan xayrlashib, mustaqil hayotga qadam bosmoqdalar. Shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev umumiy oʼrta taʼlim maktablarining bitiruvchilariga murojaat yoʼlladi.
Barcha maktablarda tashkil etilgan soʼnggi qoʼngʼiroq tadbirida bu murojaat bitiruvchi yoshlarga oʼqib eshittirildi.
Shahrimizdagi 2-umumiy oʼrta maktabda ham soʼnggi qoʼngʼiroq tadbiri tantanali ravishda oʼtkazildi. Unda faxriy mehmon sifatida TDTU Olmaliq filiali rahbarlari ishtirok etishdi. Filial Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari, texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori O.Аbdiev davlatimiz rahbarining bitiruvchilarga murojaatini oʼqib eshittirdi.
Katta hayot ostonasida turgan shijoatli, intiluvchan yoshlar marrani baland olib, yagona, katta kuch boʼlib harakat qilishlariga ishonamiz.