Flat Preloader Icon Loading...

Professor A.Khurmamatovning ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda e’tirof etildi

domla

TDTU Olmaliq filialining Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Abdugaffor Mirzabdullayevich Khurmamatov Scopus ma’lumotlar bazasidagi Hirsh indeksi (H-indeks) bo‘yicha filialimizda birinchi bo‘lib H-indeksi 5 ga yetdi.

Bu natija nafaqat A.Khurmamatovning ilmiy izlanishlari va nufuzli jurnallarda e’lon qilgan maqolalari sonining, balki ularning sifat darajasi, ya’ni boshqa olimlar tomonidan ularga berilgan iqtiboslarning e’tiborga loyiq ekanini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: H-indeks – bu muallifning ilmiy faoliyatini baholovchi muhim ilmiy-analitik ko‘rsatkich bo‘lib, uning maqolalariga nechta iqtibos keltirilgani asosida aniqlanadi. Scopus esa – bu ilmiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u dunyo bo‘ylab turli fanlar bo‘yicha nashrlarni qamrab olgan yirik elektron platforma hisoblanadi.

Filialimiz jamoasi nomidan professor, t.f.d A.Khurmamatovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

Scroll to Top