Bugun TDTU Olmlaiq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiya fakulteti rahbariyati hamda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida 19-IDUMning bitiruvchi yoshlari o’rtasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ochiq muloqot tarzidagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirni maktab rahbari S.Qodirova ochib berib, ishtirokchilar bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng, Metallurgiya va kimyoviy texnologiya fakulteti dekani, professor D.Mirxamitova filial hamda fakultet faoliyati, erishilayotgan yurtuqlar to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berib o’tdi.
Shuningdek, fakultet professor-o’qituvchilari o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Filialda bir necha yillardan buyon olib borilayotgan «Bir kunlik talaba» loyihasi, uning maqsadi hamda ochiq eshiklar kuni to’g’risida ma’lumotlar berildi.