Bugun TDTU Olmaliq filiali professor o‘qituvchilari mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan «Ustoz mehnati-buyuk sharaf» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial professor-o‘qituvchilar jamoasi, Toshkent viloyati Oliy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etdi.
Oliy ta’lim tizimida ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan, o‘zining ilmiy va pedagogik salohiyati bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildilar. O.X.Abdiyev “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, Yu.P.Isomatov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni, U.A.Abduvaliyev “Faol faxriy” ko‘krak nishoni, O.A.Abudurasulov “Yurt iftoxori” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilarga Oliy ta’lim vazirining, viloyat va shahar hokimining tashakkurnomalari topshirildi.