Qabul hujjatlar to‘plami
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2024-2025 oʻquv yilida oʻqishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun OTM qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar roʻyxati
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1. Ta’lim yо‘nalishi, о‘quv tili, shakli kо‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yо‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bо‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yо‘nalishini kо‘rsatishlari hamda test sinovlarini о‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini tо‘g‘ri tо‘ldirish bilan tanishganligi kо‘rsatiladi);
2. Umumiy о‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
3. Pasport (16 yoshga tо‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma)ning 6 dona nusxasi;
4. 3,5 x 4,5 sm о‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;
5. Qonun hujjatlariga muvofiq о‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;
6. Tо‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va kо‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
7. Tо‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar toifasiga «Mehribonlik uylari»da yashab ta’lim olgan, 18 yoshga tо‘lmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar kiradi.
8. Yigʻma jild (ipli popka) 1 dona.
9. Konvert 1 dona.
Ariza shakli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi