Flat Preloader Icon Loading...

Qanday qilib stipendiant bo’lish mumkin?

tuf

Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri R.Tashmatov tomonidan kafedra talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati, belgilangan talablari va rag‘batlantiruvchi imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti, 2024-2025 o‘quv yili magistrantlari o‘rtasida Prezident davlat stipendiyasi sohibi B.Abdurafiqov ishtirok etdi.

B.Abdurafiqov talabalarga davlat stipendiyasi sohibi bo‘lish uchun eng avvalo namunali hulq va kuchli bilim egasi bo‘lmoq lozimligi haqida tavsiyalar berdi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi assistenti I.Azizov kelgusi o‘quv yili uchun stipendiyalar tanloviga talabalarning ehtimoliy ro‘yxatini shakllantirish boshlanganligini ma’lum qildi.

Scroll to Top