O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.
Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olgan birinchi bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
Ta’lim grantiga talabgorlar kontrakt.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.
Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (https://lex.uz/uz/docs/-7429154)
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.
Qo‘shimcha savollar uchun Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilish mumkin:
Konchilik ishi fakulteti: Baxrom Gaibnazarov, +998936172490
Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti: Bexzod Xabibullayev, +998993001535
Energetika va mashinasozlik fakulteti: Abdullayev Abdumannon, +998931158488