Flat Preloader Icon Loading...

Qform xalqaro milliy olimpiadasi

forum

TDTU Olmaliq filiali hamda Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi hamda filial uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Metallarga bosim bilan ishlov berish texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida Qform olimpiadasini o‘tkazish belgilangan.

Ushbu olimpiada Nizomiga asosan Energetika va mashinasozlik fakultetida respublika olimpiadasi o‘tkazilib, 3 nafar talabalarimiz QForm olimpiadasining Xalqaro milliy bosqichi olimpiadasiga yo‘llanma olishgan edi.

Kuni kecha filialning 4-bosqich talabalari Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasidan F.Abdukarimova, Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasidan Sh.Suyunov hamda Metallar texnologiyasi kafedrasidan D.Xamraqulov 17 ta davlat o‘rtasida o‘tkazilgan QForm olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Scroll to Top