Registrator ofis
Nosirov Nurzod Ixtiyorovich
Lavozimi : Registrator ofisi boshlig’i
Ilmiy darajasi : PhD, dotsent
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99893 608 09 10
To‘xtayev Ravshan Asqarali o‘g‘li
Lavozimi: Ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +99893 494 02 95
Mo‘minov Vaxobiddin Usan o‘g‘li
Lavozimi: Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +99897 774 90 24
Registrator ofisi maqsad:
-Talabalar akademik ma’lumotlarini shaffof va tizimli yuritish.
-Hujjatlar bilan bog‘liq byurokratik jarayonlarni oldini olish.
-Talabalarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish.
-Akademik jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish.
-Shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimini yaratish.
Registrator ofisi asosiy vazifalari: talabalarning o‘qishga qabul qilingan kunidan boshlab, o‘qish jarayonini tugatguniga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga olgan holda talabalarga xizmat ko‘rsatish ya’ni talabalikka qabul, o‘quv jarayoni va akademik faoliyatini tashkil etish, ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelinishini oldini olish.
Registrator ofisi”ning asosiy tarkibiy tuzilmasi quyidagilar hisoblanadi:
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi;
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi;
“Registrator ofisi” xodimlari belgilangan tartibda OTT rektorining buyrugʻi bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
Xodimlarga yuklatilgan ish majburiyatlari lavozim yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.
“Registrator ofisi” xodimlari tarkibi:
“Registrator ofisi” direktori;
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi boshligʻi;
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi boshligʻi;
Menejerlar.
Menejer lavozimiga ishlab chiqilgan meʼyorlar asosida shtatlar belgilanadi.
“Registrator ofisi”ning asosiy vazifalari
“Registrator ofisi” direktorining lavozim vazifalari:
Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;
Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar hamda boʻlimlardan Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etishini muvofiqlashtirish;
Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
talabalar, ota-onalarning taklif va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda nizoli holatlarni qonunchilikda belgilangan tartib asosida vakolat doirasida bartaraf etish;
Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari:
Xizmat koʻrsatish (front office) bo‘limida ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis direktoriga koʻmaklashish;
Ofis direktori ish joyida boʻlmaganida uning lavozim vazifalarini vaqtinchalik bajarish;
Xizmat koʻrsatish (front office) bo‘limidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
talabalarga oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;
talabalarga o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quv jarayoniga tegishli ma’lumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish;
talabalarning turar joylari faoliyatini mufoviqlashtirish jarayonini tashkil qilish;
talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;
Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
Ofis tomonidan marketing va amaliyotlarni tashkil qilish hamda buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;
“HEMIS”, “Moodle” “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
OTTga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan OTT ning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari
Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis direktoriga koʻmaklashish;
Maʼlumotlar bazasi (back office) bo‘limi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
talabalar tegishli bo‘lgan statistik ma’lumotlarni yuritish hamda “Hemis” axborot tizimiga to‘g‘ri kiritilishini nazorat qilish;
o‘quv jarayonida talabalar harakatini muvofiqlashtirish jarayonini tashkil qilish;
talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:
“HEMIS”, “Moodle”“LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, oliy taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;
OTTga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan OTT ning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
oʻquv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta o‘qishni tashkil qilish;
talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar, xizmatlar va boʻlimlardan Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayoni tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi menejerlarining vazifalari:
Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori menejerlari:
dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
oliy taʼlim muassasasida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
akademik qarzdor talabalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash;
talabalarning yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash;
ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejerlari:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
“Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasasi tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
kafedralarga grantlar uchun ariza shakllarini toʻldirishda yordam berish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejerlari:
oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijiy talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
xorijiy talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijiy talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
xorijiy talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
xorijlik talabalarga oliy taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish.
Marketing va amaliyotlarni tashkil etish hamda buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori menejerlari:
ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumot kiritish va olish;
toʻlov-shartnoma summasini belgilash, hisoblash va taqdim etish;
akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish miqdorlarini belgilash va tasdiqlash;
bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
bitiruvchilarni ishga joylashganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlash;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish;
potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga taqdim etish;
soatbay asosida oʻquv mashgʻulotlariga (shu jumladan akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan qayta oʻzlashtirish va topshirishga) jalb qilingan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga soatbay asosida haq toʻlash miqdorlarini hisoblash, tasdiqlash va hisobini yuritish;
talabalar uchun pedagogik va dala amaliyotlari bazasini tarmoq a isteʼmolchi korxonalar talablaridan kelib chiqib shakllantirish;
talabalar uchun tashkil etiladigan pedagogik va dala amaliyotlari dasturlarini shakllantirish va tasdiqlashda ishtirok etish.
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi menejeri lavozimiga oliy maʼlumotli, xorijiy tillarni va ECTS kredit-modul tizimini mukammal biladigan, (Xorijiy oliy taʼlim muassasasini tamomlagan yoki tajriba oshirganlarga ustunlik beriladi) va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan shaxslar tayinlanadi.
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi menejerlarining vazifalari:
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori menejerlari:
talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni taqdim etish;
talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari asosida ularga oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etish;
oliy taʼlim muassasalari tomonidan statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
“HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori menejerlari:
talabalar tomonidan tanlov fanlar doirasida fanlarni tanlashini samarali tashkil etish uchun oʻquv rejalarni shakllantirishda ishtirok etish;
akademik guruhlarni shakllantirish;
talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish);
talabalarga tegishli barcha buyruqlarni rasmiylashtirish;
talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
talabalarning GPA ballarini hisoblashda kelib chiqqan nizolarni hal qilish;
tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
oʻzlashtirish natijalariga koʻra talabalarga stipendiya tayinlash;
nogironligi mavjud talabalar hisobini yuritish, nogironlik muddatlari boʻyicha monitoring olib borish va stipendiyalar tayinlash;
oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
oʻquv rejalarini yaratish va ularni tahrirlash;
fanlar bazasini shakllantirish;
kursdan qolgan, akademik taʼtildan qaytgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
talabalarni bitirish toʻgʻrisidagi buyruq loyihalarini shakllantirish;
talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirish;
talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
talabani semestrdan semestrga oʻtkazish;
oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
“HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarni talabalar safiga qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori menejerlari:
oliy taʼlim muassasasini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
oʻqishni boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini rasmiylashtirish va talabaga yetkazish;
qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom blankalari, akademik sertifikatlar, diplomga ilova va boshqalar) taqdim etish;
qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom varaqalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.
“Registrator ofisi”ning huquqlari va majburiyatlari
“Registrator ofisi” oʻz funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fanlar dasturlari yangilanayotganda ushbu meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
har oʻquv yilida kafedralar hamda tegishli dekanatlarga ishchi oʻquv rejalari hamda fanlarning oʻquv va ishchi oʻquv dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
fakultetlar va kafedralardan tasdiqlatish uchun ishchi oʻquv rejalar, fanlarning ishchi dasturlari, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalarini olish;
tayyorlanayotgan meʼyoriy va boshqa hujjatlar boʻyicha kafedralardan ushbu hujjatlar loyihalariga takliflar va tavsiyalar soʻrash;
kafedralarda tayyorlanayotgan darslik va oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa turdagi akademik materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab olish;
kafedralardan professor-oʻqituvchilarning yillik hisobotlarini olish.
dekanatlar, kafedralar va boshqa boʻlimlardan oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni ham olishi mumkin.
“Registrator ofisi” Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi mumkin.
“Registrator ofisi” oʻz funksiyalarini bajarishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat va vazirlik topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga;
“Registrator ofisi”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali tashkil etilishiga;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining kо‘rib chiqilishiga;
meʼyoriy hujjatlar loyihalarini sifatli va vaqtida tayyorlash hamda tasdiqlatish uchun rektoratga, vazirlikka takliflar berish;
oliy taʼlim muassasasida oʻquv jarayonining tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilish, ushbu jarayonga huquqiy-meʼyoriy va boshqa hujjatlarning toʻla joriy etilishiga masʼuldir.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.