Flat Preloader Icon Loading...

Reja va moliya bo’limi

woman

DADAJONOVA DILFUZA XUSNIDDINOVNA

Lavozimi : Bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi : 
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +998 94 218 88 52

TDTUOF logo1
MAN HUMAN

Yo’lyaxshiyev Nodirbek Botirbek o’g’li

Lavozimi : 2 – toifali buxgalter
Ilmiy darajasi: 
Telefon : +99890 253 73 80

Bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasiga etkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda «Reja-moliya» bo‘limlari munosib hissasini qo’shib kelishmoqda. Shu qatorda, bizning bo‘limimiz ham universitet tashkil qilinganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Zero, bo‘limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad universitetimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o‘quv jarayonini yuqori saviyada o’tishi uchun zaruriy o‘quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, universitetimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yol qoymaslik bo‘lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tadbirkorlik ishlari samaradorligini ta’minlash universitet moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektori qoshidagi asosiy bo’g‘inlardan biri Reja-moliya bo‘limi zimmasiga ham yuklangan.

Reja-moliya bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil otkazish, namunaviy shtatlar jadvalini tog‘ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.

Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 2 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

– Bo‘lim boshlig‘i;

– II — darajali iqtisodchi;

– Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘lim boshlig‘i, 2-toifali iqtisodchi bilan tashkiliy-amaliy ishlar bilan ta’minlanadi.

– Bo‘lim faoliyatiga rahbarlikni bo‘lim boshlig‘i amalga oshiradi.

Bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;

Bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;

O‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda universitet direktorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;

Bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yol quygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;

Filial rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash boyicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil otkazish;

Byudjet va nobyudjet mablag‘lar boyicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari boyicha rejalar bajarilishi tog‘risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;

3-2 shakl va 4-ta’lim statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash.

Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;

Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;

Professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;

Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2014-yil 18-noyabrdagi 4-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 1-T shakli bo‘yicha mehnat hisobotini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish;

O‘zbekiston Respublikasi «Davlat statistika to‘g‘risida»gi qonuniga asosan taqdim etilgan hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 16-oktyabrdagi 6-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 4-ta’lim shakli bo‘yicha har o‘quv yili boshiga oliy o‘quv yurtlari yillik hisobotini topshirish.

Bo‘lim boshlig‘ining topshiriq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida sifatli bajarish;

Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib borish;

Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hаmdа yuqori tashkilotlardan kelgan хаt va tоpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;

Yangi o‘quv yili uchun qabul qilinayotgan professor- o‘qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish;

Har oyning birinchi sanasiga talabalar kontingentini hamda professor- o‘qituvchilar va hodimlar sonini aniqlab borish;

Shtat intizomini qat’iy nazorat qilib borish;

Universitetda talim hizmati va servis soxasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi malumotni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligiga har оyning 3-sanasiga qadar topshirish;

Bo‘limdа kirish, chiqish hatlarni ro‘yxatini olish vа boshqalar.

Reja-moliya bo‘limini direktor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo‘limdagi barcha xodimlar bo‘ysinadi;

Reja-moliya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;

byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish;

Reja-moliya masalalari bo‘yicha yozishmalar olib borish;

Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.

Scroll to Top