Hurmatli talabalar!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 384-sonli buyrugʻiga muvofiq, institutda rus tilida taʼlim oluvchi talabalar oʻrtasida “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning maqsadi:
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish va talabalarning dunyoqarashini kengaytirish.
Tanlov oʻtkazilish muddati:
2025-yil oktyabr oyining ikkinchi oʻn kunligi.
Mukofotlar:
Tanlov gʻoliblari filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin — 3 baravar bazaviy stipendiya miqdorida;
2-oʻrin — 2 baravar bazaviy stipendiya miqdorida;
3-oʻrin — 1 baravar bazaviy stipendiya miqdorida.
Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalar topshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtish:
Talabalar oʻz fakultetlaridagi tyutorlar yoki yoshlar yetakchilari orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Masʼul boʻlim:
Institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi.