Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik yo‘nalishlarida amaliyotchi, professor-o’qituvchi hamda talabalar ishtirokida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo’nalishlarida respublika tanlovi o’tkazildi.
Ushbu tanlovda dolzarb muhandislik yechimlarini taqdim etgan ishtirokchilar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.
Quvonarlisi, tanlovda “Eng yaxshi ixtiro” yo’nalishi bo’yicha o’zining “Volfram, titan yoki tantal va kobalt karbidini o’z ichiga olgan qattiq qotishma chiqindilarini qayta ishlash sanoat usuli” mavzusidagi tadqiqotlari bilan ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, texnika fanlari doktori (DsC) Sarvar Parmonov vazirlik tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.