🔷Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Yoshlar ishlari agentligi, TDTU OF hamda shahar Soliq inspeksiyasi hamkorligida sportning Shahmat turi boʻyicha «Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi rahbar kubogi» musobaqasi boʻlib oʻtdi.
🔷Musobaqa avvalida filial direktori t.f.d. professor A.Samadov so’zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. So’ng musobaqa mehmoni grossmeyster, shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi, Hindistonning Chennay shahrida o’tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni, Oʻzbekiston iftixori medali sohibi Nodirbek Yakubov shaxmat ixlosmandlariga o’z muvaffaqiyatlari haqida qisqacha so’zladi.
🔷Shuningdek, Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig’i Ixtiyor Aliyev ham ishtirokchilarga omad tilab, musobaqani ochib berdi.
🔷Musobaqada ishtirok etgan 200 нафарга яқин 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan shaxmat ixlosmandlari oʻrtasida shaxmat kurashlari shiddatli tarzda boʻlib oʻtdi.
🔷G`olib ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar:
1-o‘rin – TDTU Olmaliq filiali talabasi Umidjon Orziqulov; 2-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Humoyun Rustamov; 3-o‘rin – OKMK 3-Mis boyitish fabrikasi ishchisi Abdurahmon Abdunazarov.
Bugun TDTU Olmaliq filialining 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida filial ilmiy salohiyati oshishiga hissa qo‘shayotgan Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari…
Ilgari xabar berilganidek, TDTU Olmaliq filialida 2025- yil sentyabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida Konchilik ishi…