Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida talabalari o’rtasida sportning shaхmat-shashka turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Dilshod Yusupov hamda tyutorlar tomonidan tashkillashtirilgan ushbu musobaqada barcha bosqich talabalari faol ishtirok etishib, donalar surish borasidagi salohiyatlarini namoyon etishdi.