Navro‘z – o‘zaro qadr-qimmat, xayru saxovat, mehr-oqibat timsolidir. Ezgulik, sahovatga yo‘g‘irilgan uyg‘onish, yasharish faslining bu bayrami joylarda keng nishonlanmoqda.
Xususan, kuni kecha Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan Toshkent viloyatining «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» nomli tantanali bayram saylida TDTU Olmaliq filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi.