Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy adabiyot va san’atga mehr-muhabbatini yanada oshirish, yosh ijodkorlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash, vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish jamiyat oldidagi ustuvor vazifalardan biridir. Yoshlarni zamonaviy bilimlarini egallashi, dunyoqarashini kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda Oliy ta’lim muassasalarida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Olmaliq davlat texnika institutida ham ma’rifat karvoni vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli shoir, tarjimon, pedgagog, Filologiya fanlari nomzodi, ,,O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ’’ mukofoti, ,, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat’’ mukofoti , ,,Xalqaro Xo‘ja Ahmad Yassaviy mukofoti ’’sovrindori, ,,Mehnat shuhrati’’ ordeni, ,,El-yurt hurmati’’ ordeni , ,,Mustaqillikka 15- yil’’ ko‘krak nishoni , ,,Mustaqillikka 20 -yil ’’ko‘krak nishoni , ,, Mustaqillikka 30- yil’’ ko‘krak nishoni sohibi, ,,O‘zbekiston Respublkasi Davlat mukofoti ’’ laureati, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Xalqaro Turkiy Akademiyaning ,,Alisher navoiy” oltin medali egasi, Xorazm Ma’mun Akademiyasi Faxriy professori- Muhammad Ali Ahmedov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon publisist, taniqli shoir , ,,Jadid ’’adabiy, ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy gazetasi bosh muharririning birinchi o‘rinbosari Humoyun Akbar hamda hassos shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘I, ,, Bobur izdoshlari ’’ adabiy to‘garagi rahbari ,,Shuhrat’’ medali sohibasi Xurshida Vahobjon qizi institut mehmoni bo‘ldilar.
Ijodkorlar inson o‘z hayotini ma’rifat nurlari bilan to‘ldirishi uchun muntazam kitob o‘qishi zarurligini, har bir narsadan mazmun izlash kerakligini ta’kidladilar. Qanday kasb egasi bo‘lishdan qat’iy nazar, ziyoli inson bo‘lish haqida so‘z yuritdilar. Hayot tajribasidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda ijodkorlar milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirishni ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida talabalar savol-javob o‘tkazildi.
Tadbir avvalida mehmonlar institut hovlisida ko‘chat ekish aksiyasida ishtirok etdilar. Ushrashuvdan so‘ng shoirlarning shahrimiz maktbalari o‘quvchilar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.