sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim
MO‘MINOV VAXOBIDDIN USAN O‘G‘LI
Lavozimi : Dekan
Ilmiy darajasi :
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +99897 774 90 24
- SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIM FAOLIYATI
- SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO`LIMNING VAZIFALARI
- SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIM BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARI
- BO‘LIM TALABALARI
Sirtqi bo`lim Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi bo`lib, uning faoliyati bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha talabalarni o`qitish, ta`lim – tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib boruvchi tuzilma xisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, filial direktori buyruqlari, farmoyishlari hamda filial Ustavi xamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limda bo`lim boshlig`i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.
-sirtqi ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
-talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo`yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
-o`qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o`zlashtirishi nazorat qilinishini ta`minlash;
-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
-talabalar bilan o`quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko`rish;
-mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni, bo`lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
-o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarning o`quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
-oliy ta`lim muassasasi Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta`lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
-talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta`limda o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarni taqsimlash;
-sirtqi bo`limning oliy ta`lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o`zaro aloqasini ta`minlash va boshqalar.
5310300 – Metallurgiya
5311600 –Konchilik ishi
5312200-Konchilik elektr mexanikasi
5320200- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
5320300- Texnologik mashina va jihozlar
2019/2020 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3-kurs talablari kontingenti
- kurs – 211 nafar,
- kurs – 101 nafar,
- kurs – 81 nafar
Bo‘lim bo‘yicha jami talabalar soni – 393 nafar