Bugun Energetika va mashinasozlik fakulteti 1-bosqich sirtqi ta’lim shakli talabalarining TDTU Olmaliq filiali direktori A.U.Samadov bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv talabalar uchun muhim voqea bo‘ldi, chunki ular o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita direktor bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan turli masalalarni ko‘tardilar. Jumladan Hemis platformasi, sirtqi ta’limda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi, nogironligi bor talabalarga yaratilgan sharoitlar, filialning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati, ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Filial rahbari har bir savolga batafsil javob berdi, ayrim masalalar shu joyning o‘zida mutasaddi vakillar ishtirokida hal etildi. Direktor talabalar bildirgan fikrlar va takliflarni har doim eshitib, ularni hal etishga tayyor ekanligini bildirdi.