🔷Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan eng iqtidorli talabalar tanlab olinib, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlanadi.
🔷 “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
🔷Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.
🔷 Ma’lumot uchun: Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga
yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga
imkoniyat yaratadi.
🔷Xalqaro tan olingan va talab yuqori bo‘lgan 230 ta IT-sertifikatdan 40 tasi “Coursera” dasturlari hisoblanadi. Ushbu tartibga muvofiq, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish yo‘lga qo‘yilgan.
🔷Ilova orqali Xalqaro tan olingan va talab yuqori bo‘lgan IT-sertifikatlar ro’yxati bilan tanishing hamda sayt orqali ro’yxatdan o’tib, kelajagingiz uchun muhim bo’lgan sertifikatga ega bo’ling.