Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus” dasturi doirasida sport musobaqalari muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. CHDPUda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda sportning bir qancha turlari bo‘yicha viloyat OTMlari terma jamoalari ishtirok etishdi.
TDTU Olmaliq filialining stritboll sport turi bo‘yicha erkaklar jamoasi musobaqalarda faol ishtirok etib, 3-o‘rin sohibi bo‘lishdi. Filial qizlar jamoasi yengil atletika (estafetali yugurish) bo‘yicha 4-o‘rinni egallashdi.
Sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan har bir jamoa homiylar tomonidan sport jihozlaridan iborat sovg‘alar bilan taqdirlandi.