Flat Preloader Icon Loading...

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summalari haqida ma‘lumot

qabul2025 1

Oliy ta’lim tashkilotlari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga muvofiq to‘plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradi.
Bunda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
4,05 balldan yuqori abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari miqdorida.
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlarining birinchi o‘quv yili uchun kamida 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Scroll to Top