Flat Preloader Icon Loading...

«Talaba, yugur!» ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi!

photo 2025 04 22 14 58 23

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Talaba, yugur!» ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi yiliga ikki marta:

Kuzgi mavsum (oktyabr-noyabr)

Bahorgi mavsum (mart-may) doirasida o’tkaziladi.

Musobaqaning maqsadi:

Sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi talabalar sonini oshirish;

Talabalarni sport tadbirlariga keng jalb qilish;

Talabalar uchun sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini yaratish.

Musobaqa g’oliblariga:

1-o‘rin — 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida;

2-o‘rin — 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida;

3-o‘rin — 2 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida qo‘shimcha stipendiya beriladi!

Hurmatli talabalar, ushbu musobaqaning bahorgi mavsumiga start berildi!

Scroll to Top