Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun «Talabalikka bag‘ishlov» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda TDTU Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Samadov so‘zga chiqib, 1-kursga qabul qilingan talabalarni samimiy qutlab, ularning kelgusi o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda omadlar tiladi.
Tadbir davomida filial iqtidorli talabalari tomonidan turli kuy-qo‘shiqlar, raqslar, talabalar qasamyodi, «Stipendiya» jamoasining chiqishlari namoyish etildi.
Shuningdek, filiali direktori Alisher Samadov tomonidan 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga talabalik guvohnomalari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muhriddin Hamzayev tomonidan esa filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda koordinatorlariga maxsus guvohnomalar topshirildi.
Tadbir so’ngida filialda «Besh tashabbus», «Talabalar ligasi» hamda «Direktor kubogi» doirasida tashkil etilgan turli sport yo‘nalishlarida faol ishtirok etgan talabalar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.