Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF delegatsiyasining xorijiy safari

rasm

Turkiya davlati Istanbul shahridagi Istanbul Texnika Universitetining taklif xatiga asosan TDTU Olmaliq filiali delegatsiyasi mazkur universitetda bo‘lib turishibdi. Istanbul Texnika Universiteti bilan akademik va institutsional hamkorlikni mustahkamlash, ta`lim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish hamda kon muhandisligi sohasida qo‘shma loyihalarni bajarish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mazkur xizmat safari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, xorijiy tajriba oliy ta’limda keng imkoniyatlar yaratadi. Shu boisdan xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohining zamonaviy konchilik sanoatida kon muhandisligi sohasi masalalarini chuqur tanishmoqda. Shuningdek, ta`lim va ilmiy-tadqiqot ishlarining yuritilishida xorijiy tajriba imkoniyatlari ham o‘rganilmoqda.

Scroll to Top