⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 11.04.2023 yilda «Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari»ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida barcha tashkilot rahnarlari qatorida oliygoh rektorlariga ham uchinchi toifadagi e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilgan edi.
📌Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori Alisher Samadov Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidan o’ziga biriktirilgan yoshlar bilan muntazam ravishda suhbatda bo’lib kelmoqda.
📌Suhbat davomida ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, yechim borasida direktor o’z takliflarini berdi.