TDTU Olmaliq filiali direktori A.U.Samadovning Energetika va mashinasozlik fakulteti 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuvi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim tizimidagi islohotlar, talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘zlab, filial rahbari talabalarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Filialning mas’ul mutasaddilari tomonidan talabalarni qiziqtirgan akademik daraja, xorijda ta’lim, amaliyot va boshqa savollarga batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda talabalik davri o‘qib-o‘rganish, izlanish, tom ma’noda, hayot yo‘lini belgilashi bilan oltinga teng ekanligi, buning qadriga etish zarurligi ta’kidlandi.
Filial rahbari yoshlarning ta`lim, ilmiy-tadqiqot masalalari hamda shaxsiy taklif-mulohazalarini tinglashga, ular bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.