Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF talabalari harbiy qismda

photo 2025 05 06 11 06 15

2-jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi va “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Olmaliq shahridagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari harbiy qismda tashkillashtirilgan ushbu tadbirda ishtirok etishdi. Ular harbiy qismdagi kutubxona, mashg‘ulot xonalari va sport zallari bilan yaqindan tanishdilar, askarlar bilan voleybol ham o‘ynashdi. Harbiy xizmatga oid adabiyotlar orqali zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, yoshlar “Uch avlod uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Qahramoni, hamshahrimiz S.Parmonov, Nuroniylar shahar kengashi raisi M.Abdullayev, mehnat faxriysi B.Qosimov, podpolkovniklar Sh.Nishonov va V.Mixaylov bilan samimiy suhbatda bo’lishdi.

Scroll to Top