🔷Bugun TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetining 20 nafarga yaqin ko’ngilli talaba-yoshlari va Yoshlar ittifoqi faollari shahar qon quyish markazida «Men donorman» aksiyasida ishtirok etishdi.
🔷Aksiya doirasida, dastlab markaz xodimlari tomonidan yig’ilganlar uchun ushbu xayrli ishga qo’l urganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, qon topshirish talablari va shartlari, donorlik ayni paytda ko’plab insonlar hayotini saqlab qolish uchun asosiy vositalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.