Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF talabalari “Munozara” intellektual bellashuvida

munozara

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qoʻshma qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida jamoaviy “Munozara” respublika turnirini tashkil etish belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq, joriy yilning 2-iyun kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetida turnirning viloyat bosqichi tashkil etildi. Ushbu intellektual bellashuvda TDTU Olmaliq filiali talabalari tomonidan shakllantirilgan “Renessans” jamoasi ham ishtirok etdi.

Talabalarimiz mushohada, mantiqiy fikrlash, jamoaviy harakat va notiqlik borasida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladilar.

Scroll to Top