QForm — metallarni bosim bilan ishlash jarayonlarini matematik modellash va optimallashtirish bo’yicha Rossiyaning dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Joriy yilda 17 ta mamlakatning (Bolgariya, Polsha, Italiya, Serbiya, Ruminiya, Rossiya, Belorussiya, O‘zbekiston, Xitoy, Tayvan, Vetnam, Janubiy Koreya, Argentina, Braziliya, Turkiya, Eron) 53 ta oliy o‘quv yurtidan 121 nafar talaba QFormning metallarni bosim bilan ishlash texnologiyalari bo‘yicha X Xalqaro talabalar olimpiadasi Milliy bosqichida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, Belarusda aprelda bo‘lib o‘tgan olimpiadada TDTU Olmaliq filiali talabasi Sherali Suyunov issiq hajmli qoliplash yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi va QForm diplomi, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xalqaro olimpiadada talabaning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashda TMJ assistenti Islom Komilov katta hissa qo‘shdi.
Xalqaro olimpiadalarda filial talabalarining ishtirokini ta`minlashda professor-o‘qituvchilarga faollik tilaymiz.